AsosiyHi-tech

Britaniya yo`llarida haydovchisiz avtomobillarni sinab ko`rishmoqchi

Shu yilning o`zida Britaniya yo`llarida g`aroyib avtomobillarni sinab ko`rish ishlari boshlanadi. 

Ushbu mashinalarning o`ziga xosligi shundaki, ular to`liq avtomatlashtirilgan. Haydovchisiz avtomobil videokameralar va sensorlar tizimi yordamida boshqariladi. 

To`g`ri, sinovlar davrida olimlar ehtiyot chorasini ko`rib, salonga haydovchini o`tqazib qo`yishga qaror qilishdi. Kutilmagan vaziyat yuzaga kelganida, haydovchi boshqaruvni o`z qo`liga oladi. 

Hozircha avtomatlashtirilgan avtomobillar boshqa mashinalardan uzoqroq masofada harakat qiladi. “Aqlli” avtomobillar kundalik harakatlar yo`nalishini eslab qolishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar