12.11.2013 11:38
Terining holatiga qarab umr davomiyligini bashorat qilish mumkin
Olib borilgan tadqiqot yurak va tomir kasalliklari xavfi past bo`lgan ayollar o`z yoshlariga qaraganda kamida 2 yilga yoshroq ko`rinishini isbotladi. Terining holati va umumiy salomatlik orasidagi bog`liqlik 63 yoshdagi 514 kishi misolida tahlil qilindi.
Shuningdek, mutaxassislar uzoq umr ko`ruvchi oilalardagi erkaklar 1,4 yilga yoshroq ko`rinishini ham aniqladi. Bunday oilalardagi erkaklarda ham, ayollarda ham qo`llarining yuqori qismi sohasida ajinlar miqdori kamroq bo`lgan. Hozir olimlar yosh ko`rinuvchi odamlar terisida nimalar yuz berishini aniqlamoqda. Balki, shu tarzda, uzoq umr ko`rish siri topilar.