21.11.2013 15:46
Bolani qanday davolash kerak? Ota-onalarning 5 ta xatosi
qilib, bu boradagi xatti-harakatlarimizda nimalar to`g`ri, nimalar esa noto`g`ri?
1-Xato. Haroratning ko`tarilishiga yo`l qo`ymaslik
Bolaning tana harorati38,5 °C ga ko`tarilmagunicha unga issiqni tushiradigan preparatlarni bermaslik kerakligini shifokorlar takrorlashdan charchamayapti. Shunga qaramasdan, bunday paytda asabi taranglashgan ota-onalar termometr ko`rsatkichi 38 °C ga etmasdan bolani talbetkalar bilan “siylashda” davom etadi.
Nima qilish kerak: harorat yuqoriga ko`tarila boshlashi bilan bolagako`proq suyuqlik bering, uning tanasini nam sochiq (ammo sovuq emas!) bilan arting. Asal, malina, limon – bularning barchasi haroratni tushiruvchi tabiiy vositalar bo`lib, ular organizmga yumshoq ta`sir ko`rsatadi. Bolaga preparatlar 38,5 darajadan boshlab beriladi, agar bola haroratni yomon ko`tarsa, unda harorat 38 darajaga etganida beriladi. Dorilarni qabul qilish orasida muayyan tanaffus bo`lishi kerakligini unutmang, tanaffus vaqtini dorining yo`riqnomasidan bilib olish mumkin. Tabletkalarni qabul qilish orasida bolani nam salfetka bilan arting va unga ko`proq suyuqlik ichiring.
2-Xato. Malina va asal – haroratni tushiruvchi eng yaxshivosita
Shamollagan bolagaorganizmdagi toksinlarni chiqarish uchun ko`proq suyuqlik ichirish zarur. Tomoq og`riganida esa iliq ichimlik og`riqni ham qoldirishi mumkin. Shularni o`ylagan
holda, mana, bolaga limon va malinali choy tayyorlab berishadi.
Nima qilish kerak: bu ichimliklar faqat oz miqdorda yaxshi. Ularninghammasi shirin bo`lgani sababli bu buyraklarga qo`shimcha yuklama bo`ladi. Bundan tashqari, limon, malina yoki smorodina solingan issiq ichimlik shundoq ham og`riyotgan tomoqni yanada ko`proq jarohatlashi mumkin. Haroratni tushirish uchun pediatrlar bolaga oddiy, biroz iliq suv berishni tavsiya etadi. Bunda uni tomchi rejimida – har 5-10 daqiqada 1-2 choy qoshiqdan berish samaraliroq bo`ladi.
3-Xato. Bola shamollaganida uni o`rabqo`yish kerak
Albatta, shamollagan bolaga issiqlik zarur. Biroq uni uyning ichida o`rab tashlashga hojat yo`q. Buning ustiga, agar bolaning issig`i bo`lsa, qalin kiyim uning ahvolini yanada
yomonlashtiradi, xolos.
Nima qilish kerak: Harorat yuqoriga ko`tarilayotganida, bola qaltirayboshlaydi, uning o`zi o`ranib olishni xohlaydi. Lekin harorat ajviga chiqqanida, bola qizib ketadi, bu paytda uni ko`rpaga o`ramang. Aksincha, uni echintirib, tanasini nam sochiq bilan arting. Namlik bug`lanishi hisobiga tana harorati pasaya boshlaydi.
4-Xato. Darhol antibiotiklar berish
Shamollashkasalliklarining kelib chiqishiga viruslar sababchi bo`lishi va antibiotiklar
virusga ta`sir qilmasligiga qaramasdan, ota-onalarning ko`pchiligi shamollash kasalliklarini ana shu preparatlar bilan davolashni ma`qul ko`radi. Unda onalar ham, buvilar ham to`g`ri ish qilayotganiga ishonchi komil bo`ladi. Holbuki, butun dunyo
bo`ylab shifokorlar antibiotiklar ochiq sotilayotganidan qattiq tashvishda. Gap shundaki, bakteriyalar shifokor nazoratisiz berilgan antibiotiklarga chidamlilik hosil qilish xususiyatiga ega. Bu borishda jiddiy va hayotga tahdid soluvchi kasalliklarni davolashning iloji bo`lmay qoladi.
Nima qilish kerak: yagona to`g`ri yo`l – bu shifokorga murojaat qilish. Agaru virusli infeksiyaga bakterial infeksiya qo`shilganini ko`rsa, sizning holatingizga to`g`ri keladigan antibiotikni yozib beradi.
5-Xato. Uzoq kasal bo`lib yotishga vaqt yo`q!
Odatda maktabo`quvchilarining ota-onalari shunday pozisiyani egallaydi. Kasal o`quvchi uch kun yotdi, harorat tushdi – endi olg`a, yana bilim olishga! Aksariyat hollarda ota-onalar yo`tal hali borligiga, tumov esa oxirigacha o`tib ketmaganiga e`tibor bermaydi. Zaiflik va toliqish borasidagi shikoyatlarni esa maktab o`quvchisining bahonasi sifatida qabul qiladi. Pediatrlar bolaning bunday tuzalishi asoratlarga yoki yana kasallanishga olib kelishiga ishonchi komil.
Nima qilish kerak: bola to`liq tuzalishiga yo`l bering. U barcha yozilgandorilarni uyda ichib tugatsin, tomoq chayqash va ingalyasiyalarni oxirigacha etkazsin. Agar bola antibiotiklarni qabul qilayotgan bo`lsa, maktabga umuman shoshmagan ma`qul. Darslarni uyda ham qilsa bo`ladi. Umuman olganda esa, salomatlik matematikadan olinadigan besh bahodan ko`ra muhimroq.