KIMLAR O`QIShINI GRANT ASOSIDA TIKLASh HUQUQIGA EGA?
Oliy o`quv yurtida grant asosida tahsil olgan talaba qanday hollarda yana grantga tiklanishi mumkin?
Dilrabo Tog`aeva, Toshkent viloyati
Farruxjon Fayziev, huquqshunos:
- Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son Qarori bilan tasdiqlangan «Oliy ta`lim muassasalari talabalari o`qishini ko`chirish, qayta tiklash va o`qishdan chetlashtirish tartibi to`g`risida”gi Nizomning 30-bandiga ko`ra, barcha o`quv shakllari bo`yicha talabalar safiga qayta tiklash to`lov-kontrakt asosida mazkur Nizom talablariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
Davlat grantlari bo`yicha ta`lim olgan etimlar, I va II guruh nogironlar, shuningdek, muddatli harbiy xizmatni o`tagan (zaxiraga bo`shagan kunlaridan boshlab 3 yil mobaynida), akademik ta`tildan belgilangan muddatda qaytgan shaxslar istisno tariqasida, o`qishga davlat grantlari o`rinlariga qayta tiklanishi mumkin.
Ma`lumot uchun. Oliy ta`lim muassasalari talabalarining o`qishini qayta tiklash bo`yicha arizalarni topshirish va ko`rib chiqish bir yilda ikki marta amalga oshiriladi.






