25.11.2013 17:02
To`yib uxlamaslik ayniqsa ayollar uchun xavfli
Bu borada tadqiqot olib borgan mutaxassislar turli yoshdagi ayollar va erkaklardan iborat ikki yuz kishilik guruhning holatini batafsil tahlil qildi. Bundan oldin ushbu ko`ngillilarning hech biri jiddiy muammolarga ega bo`lmagan va salomatligidan shikoyat qilmagan ekan. Tajriba davomida muntazam ravishda to`yib uxlamagan va shu bilan bog`liq muammolarga ega bo`lgan ayollar boshqalarga qaraganda yurak-qon tomir kasalliklariga ko`proq chalingani aniqlandi. Bundan tashqari, ushbu guruhdagi ayollarda ikkinchi tur diabeti ham ko`proq aniqlangan.
Amerikalik olimlarning qayd etishicha, bu borada erkaklar organizmi chidamliroq bo`lib, uyqu etishmovchiligida bunday muammolarni his qilmas ekan.