Tayyorlanishi: 1. Pechenelarni blenderda yaxshilab ezing-da, xona Іaroratida yumshatilgan sariyog` bilan aralashtiring. Aylana shakldagi qolipga solib, yaxshilab tekislang.
2. Jelatinni 6 qoshiq qaynoq suvda iviting. 2 ta bananni ezib, limon sharbati bilan aralashtiring. Tvorog, qaymoq va qand upasini qo`shing. Yaxshilab aralashtirgach, jelatinni solasiz. Tayyor aralashmani pechene ustidan solib, tekislang-da, 3-4 soatga muzlatkichga qo`ying. Chizkeykni banan bo`laklari bilan bezatishni unutmang.
6 kishilik
35 daqiqa
Manba: "SUG‘DIYONA" gazetasi






