AsosiyDunyo

Ali Xomanaiy 36 yillik hokimiyati davridagi eng jiddiy inqirozga duch keldi

Ali Xomanaiy boshqarayotgan Eron ichki noroziliklar, iqtisodiy inqiroz va tashqi harbiy tahdidlar fonida kuchayib borayotgan bosimga yuz tutmoqda.

'Ali Xomanaiy 36 yillik hokimiyati davridagi eng jiddiy inqirozga duch keldi'ning rasmi

Reuters xabariga ko‘ra, 86 yoshli oliy rahbar o‘zining 36 yillik boshqaruvi davomidagi eng jiddiy siyosiy sinovlaridan biriga duch kelgan. AQSh tomonidan ehtimoliy havo zarbalari tahdidi fonida Tehron vaziyatni diplomatik muzokaralar orqali yumshatishga urinmoqda.

Mamlakat ichida esa sanksiyalar ta’sirida iqtisodiyot og‘ir ahvolga tushib qolgan, ommaniy noroziliklar va namoyishlar kuchaygan. Yanvar oyidagi chiqishlar xavfsizlik kuchlari tomonidan keskin choralar bilan bostirilgan.

2023 yil 7 oktyabr kuni HAMASning Isroilga hujumi ortidan boshlangan G‘azo urushi Eronning mintaqadagi ta’siriga ham salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Shu bilan birga, AQSh Tehrondan ballistik raketa dasturidan voz kechishni talab qilmoqda, Eron esa buni milliy xavfsizlik uchun muhim vosita deb hisoblamoqda.

1989 yildan beri hokimiyat tepasida turgan Ali Xomanaiy davlat tizimi va kuch tuzilmalari ustidan nazoratni saqlab kelmoqda. Tahlilchilar fikricha, kuchayib borayotgan tashqi va ichki bosim uning siyosiy merosi hamda Eronning kelgusi yo‘lini belgilab berishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar