AsosiyBu qiziq

Bugun qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” O‘zbekiston bo‘yicha 21-22 fevral kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.

'Bugun qanday ob-havo kuzatiladi?'ning rasmi

Unga ko‘ra, bugun kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunning o‘rtasiga kelib havo 20-25 darajagacha isiydi. Bunday harorat qish faslining oxirgi oyiga qaraganda bahor faslining o‘rtalariga xosdir.

Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kechga tomon Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati respublika shimolida 8-13 daraja atrofida bo‘ladi.

Ertaga O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali nam va salqin havo massalari kirib kelishi kutilmogda. 21 fevral kuni kechasi va ertalab respublikaning ko‘pchilik hududlarida (Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatidan tashqari) yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ertalab va kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi kutilmogda.

O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 21 fevral kuni yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. 21 fevralda kunduzgi havo harorati me’yoriy qiymatlargacha pasayadi va 9-14 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

22 fevral – yakshanba kuni O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi va harorat 15-18 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Dam olish kunlari kechasi va ertalab respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Toshkentda bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 22-24 daraja iliq bo‘ladi. Ertaga, 21 fevralda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutimaydi. Harorat kechasi va kunduzi 11-13 daraja iliq bo‘ladi.

22 fevral – yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 3-5 daraja iliq, kunduzi 14-16 daraja iliq bo‘ladi. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 3-8 m/s tezlikda esadi, 20 fevralda kechqurun va 21 fevralda 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Hokimlar Londonda malaka oshiradi'ning rasmi

    Bu qiziq 20.02.2026 09:44

    Hokimlar Londonda malaka oshiradi

    Oʻzbekiston shahar va tumanlari hokimlari Britaniyada qisqa muddatli oʻquv kurslarida ishtirok etadi. Bu boʻyicha kelishuvga erishildi.

    'Eron valyutasi rekord darajada quyadi'ning rasmi

    Bu qiziq 20.02.2026 06:46

    Eron valyutasi rekord darajada quyadi

    Eron milliy valyutasi rial erkin bozorda o‘z tarixidagi eng past ko‘rsatkichni qayd etdi.

    'Yil boshida 589 mingdan ortik o‘zbekistonlik chet elga safar qildi'ning rasmi

    Bu qiziq 20.02.2026 04:16

    Yil boshida 589 mingdan ortik o‘zbekistonlik chet elga safar qildi

    Yanvar oyida eng ko‘p safar Qirg‘iz Respublikasiga amalga oshirilgan.

    'Bugun harorat 25 darajagacha issiydi'ning rasmi

    Bu qiziq 20.02.2026 00:42

    Bugun harorat 25 darajagacha issiydi

    “O‘zgidromet” bugun, 20 fevral kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.

    'AQShning 13 shtati Trump maʼmuriyatini sudga berdi'ning rasmi

    Bu qiziq 19.02.2026 17:52

    AQShning 13 shtati Trump maʼmuriyatini sudga berdi

    “Yashil” energiya loyihalari uchun ajratilgan grantlarning bekor qilinishi ortidan bir qator shtatlar Oq uy qarorini noqonuniy deb baholab, sudga murojaat qildi.

    'Dollar kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Bu qiziq 19.02.2026 11:20

    Dollar kursi koʻtarildi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 20 fevral kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.