Futbolchi Caze TV'ga bergan intervyusida kelajagi hali noaniq ekanini aytgan. "Yil oxiriga borib butsalarni osib qo'yishni ham istisno qilmayman. Men bugun bilan yashayapman. 2026-yil men, 'Santos' va Braziliya terma jamoasi uchun hal qiluvchi yil bo'ladi", — dedi u.
Ma'lumot uchun, 34 yoshli hujumchining "Santos" bilan amaldagi shartnomasi joriy yil dekabrida yakunlanadi. Ayni paytda uning transfer qiymati taxminan 10 million yevro deb baholanmoqda.
Avvalroq Neymar 65 million dollarga baholangan kollektsiyasini, jumladan qimmatbaho "Batmobile" avtomobili va samolyotlarini jamoatchilikka namoyish qilgan edi.






