AsosiySalomatlik

Dunyoning eng sog`lom mamlakatlari e`lon qilindi

Sosiologlar aholisi sog`lom mamlakatlar ro`yxatini tuzdi. Unga ko`ra, singapurliklar dunyodagi eng sog`lom odamlar bo`lib chiqdi.

Ikkinchi o`rinni italiyaliklar, uchinchi o`rinni esa avstraliyaliklar egalladi. Shuningdek, birinchi o`ntalikdan Shveysariya, Yaponiya, Isroil, Ispaniya, Niderlandiya, Shvesiya va Germaniya aholisi ham o`rin oldi.

Reytingni tuzish paytida ekspertlar aholining yashash davomiyligini, bolalar o`limi darajasini, tamaki va alkogol iste`molini, ortiqcha vaznga va yuqori qon bosimiga ega aholi ulushini inobatga oldi.

Tadqiqot natijalariga ko`ra, Mozambik, Chad, Lesoto va Svazilend aholisining salomatligi
eng yomon ekanligi ma`lum bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar