AsosiySUG'DIYONA

BEHI — ASTMA, BRONXITGA DAVO!

'BEHI — ASTMA, BRONXITGA DAVO!'ning rasmi

Behi ham barcha mevalar kabi ko`pgina vitamin va minerallarga boy. Behidan tayyorlangangan murabbo oshqozon-ichak yallig`lanishida foydalidir. Sharbati esa antiseptik, mustahkamlovchi, qon to`xtatuvchi, peshob haydovchi xususiyatlarga ega.

U kamqonlikda, yurak qon-tomir, nafas olish, oshqozon-ichak kasalliklari va astmani davolashda yordam beradi. Shuningdek, u kayfiyatni ko`tarib, ish layoqatini oshiradi. Behi urug`i va uning shilimshig`i ham nafas yo`llari kasalliklarini davolashda yordam beradi. Buning uchun 2 osh qoshiq behining urug`ini olib, 1,5 stakan qaynagan suvda damlang, yarim soat tindirib, so`ngra kun davomida iching.

Qattiq yo`talganda, astma, bronxitda 1 osh qoshiq quritilgan behining bargini 1 stakan qaynagan suvda damlab, 25 daqiqa qaynating. 45 daqiqa tindirib, kuniga yarim stakandan ovqatdan 20 daqiqa avval iching. Klimaks davrida: hayz kelishidan 1 hafta avval behi urug`ini qaynatib yoki choyga solib iching.

Mumkin emas: nutq bog`lamlariga zarar qilishi mumkin, shuningdek qabziyatda va plevret bilan og`riganlar ham behi eyishdan tiyilganlari ma`qul.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Boshqa yangiliklar