1

GRIPPGA QARShI EMLASh

SUG'DIYONA 29.09.2017, 18:50
Teglar: Salomatlik
GRIPPGA QARShI EMLASh

Grippga chalinishning oldini olish choralaridan biri — emlash. Grippga qarshi emlanganlar orasida olib borilgan tadqiqotlarga ko`ra, emlashdan so`ng kasallikka chalinish xavfi 70-90 foizga kamayadi. Vaksina ta`siri sizni 1 yil davomida kasallikdan muhofaza qiladi.

  • Grippga qarshi vaksinasiya odatda hamma joyda sentyabr oyidan e`tiboran boshlanadi. Yurtimizda ham grippga qarshi emlash ishlari boshlab yuborilgan va gripp mavsumi tugagunga qadar davom etadi.
  • Bolalarni ham 6 oylikdan boshlab grippga qarshi emlatish mumkin. 6 oylikdan 3 yoshgacha bo`lgan bolalarga vaksinasiya 2 marta 1 oylik tanaffus bilan amalga oshiriladi. Masalan, farzandingizga oktyabr oyida grippga qarshi emlash olsangiz, 1 oydan so`ngra noyabrda yana takroriy emlash qilinadi, ya`ni 3 yoshgachan bo`lgan bolalar uchun yuboriladigan vaksina 2 ga bo`linib qilinadi. 3 yoshdan katta bo`lganlar esa 1 yilda 1 marta emlanadi.
  • Emlashdan so`ng 3 hafta mobaynida organizmda kasallikka qarshi himoya tizimi ishlab chiqariladi. Bu paytda organizmda ba`zi surunkali kasalliklar qo`zg`alishi mumkin. Bunday noxushliklarning oldini olish uchun shifokor tomonidan albatta vaksinasiyadan oldin emlanuvchi shaxsning umumiy salomatligi tekshirilib, shunga ko`ra vaksinasiya qilish-qilmaslik belgilanadi. Ya`ni, emlanadigan kishi shamollash, nafas olish yo`llari yallig`lanishi kabi kasalliklardan tamoman sog`lom bo`lishi kerak. Shuningdek, vaksina tarkibidagi komponentlarga nisbatan allergik ta`sirchanlik darajasi ham tekshiriladi.
  • Katta yoshli kishilar, homiladorlar, 5 yoshgacha bo`lgan bolalar va ko`p sonli odamlar bilan ishlaydigan kasb sohiblariga grippdan emlanish tavsiya qilinadi.
  • Grippga qarshi vaksinasiyaga qilishga qarshi ko`rsatmalar yo`q, ya`ni bu vaksinasiya turi hammaga qilishini mumkin. Ammo shunga qaramay albatta shifokor bilan maslahatlashgan holda, organizmning o`zga xos xususiyatlarini o`rgangan holda, vaksinasiya qilsh lozim.
  • Manba: «SUGDIYONA» gazetasi.

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1