“Dronlar og`irligi 2,3 kg gacha bo`lgan yuklarni etkazib berishi mumkin. Hozir bunday vazndagi tovarlar internet-do`kon buyurtmalarining 86%ga yaqinini tashkil etadi”, - deydi kompaniya bosh direktori Jeff Bezos “CBS” telekanaliga bergan intervyusida. Etkazib berish ishlari internet-do`kon omborxonalaridan 10 mil (taxminan 16 km) radiusda amalga oshiriladi. Bunda buyurtmani rasmiylashtirishdan tovarni olishgacha bo`lgan maksimal vaqt 30 daqiqani tashkil etadi. Havo orqali etkazib berish ishlariga pullik Prime dasturi ham kiritiladi, uning yordamida obunachilar o`z xaridlarini buyurtmadan keyin ikk kun davomida olishlari mumkin bo`ladi.
Bezosning so`zlarigako`ra, hozir “Amazon” loyihaning texnik tomoni ustida ishlamoqda, bunday etkazib berish tizimini amalga oshirish to`rt-besh yil vaqtni oladi. Ayni paytda kompaniya uchuvchisiz dronlarning parvoziga ruxsat olish maqsadida AQSh Federal fuqaro aviasiyasi boshqarmasiga murojaat qilishga ham ulgurgan.