1

OZDIRUVChI DORI VA PARHEZLAR HAQIDA

SUG'DIYONA 03.10.2017, 17:11
Teglar: Salomatlik
OZDIRUVChI DORI VA PARHEZLAR HAQIDA

Ayol borki, sarvqomat bo`lishni orzu qiladi. Faqat bu orzuga kimdir osonlikcha erishsa, kimdandir u katta iroda talab qiladi. Ayol o`z taomnomasini nazorat qiladi, turli parhezlarga amal qiladi, muayyan mashqlarni takrorlaydi... Ammo ba`zilar bularning har birini sinab ko`rganda ham kutilgan natija bo`lmaydi. Quyida ozish uchun yo`l qo`yiladigan xatoliklar haqida ma`lumot beramiz.

Ichaklarni tozalovchi, ishtahani bo`g`uvchi kabi turli dorilar qanchalik yordam beradi?

Bu dori vositalarining aksariyati vaqtinchalik yordam berish ta`siriga ega. Ammo achinarlisi, ayollar ko`pincha bu dorilarning foydasi haqida bir-biridan eshitib, iste`mol qila boshlashadi. Asosan Xitoydan keltirilgan, ammo «ozdiruvchi dori» degan nomdan boshqa hech qanday ma`lumot yozilmagan bu dorilar inson salomatligi uchun xavfli bo`lishi ham mumkin. Tajribamga asoslangan holda aytishim mumkinki, bu kabi ozdiruvchi dorilarni qabul qilish natijasida ayollarda qosh, kiprik, soch to`kilishi holatlarini kuzatganman. Shuningdek, ayol organizmining gormonal foni buzilib, ruhiy o`zgarishlar ham ro`y bera boshlaydi. Dori kutilganidek ozdiradi, lekin shu bilan birga, qorinda shish ham paydo bo`la boshlaydi. Ba`zi ayollarda kista, turli gijja va qurtlar ham yuzaga keladi. Qolaversa, ayolda bu dorilarga ko`nikma hosil bo`ladi. Ya`ni dori ichayotgan fursatda ayol ozadi, dori ichishni to`xtatishi bilan yana semirib ketadi.

Turmushga chiqish arafasidagi ba`zi qizlar ham to`ydan avval mana shunday dorilardan ichishadi. Keyin esa ularda homila tushib qolish holatlari ham ko`p kuzatiladi.

Ozish istagidagi ba`zi ayollar ichni yumshatuvchi dorilardan ham foydalanishadi. Bunday dorilar esa ichak mushaklarini yumshatib, bavosil kasalligini keltirib chiqarishi mumkin.

Ozdiruvchi dorilarni faqatgina dietolog-shifokor bilan maslahatlashib, tana xususiyatlarini o`rgangan holda ichish lozim. Eng muhimi, ozish istagi salomatligingiz uchun xavf tug`dirmasin!

Bundan chiqdi, parhezlar yordam bermaydimi?

Yordam beradi, faqat bu parhez mutaxassis bilan birgalikda, ayolning umumiy salomatligini tekshirib, organizmi holatini o`rgangan holda belgilanishi kerak. Avvalo tana mushaklarini mustahkamlash zarur. Aks holda ozasiz, teri esa osilib qoladi. Shuning uchun parhez bilan birgalikda mashqlarni ham kanda qilmay bajarish zarur. Bu katta jismoniy quvvat talab qilmaydi. Mashqlar juda ham oson: ertalabki jismoniy tarbiya, yugurish yoki tez yurish, o`tirib-turish, obruch aylantirish. Ammo bu mashqlarni doimiy tarzda qilish zarur.

Asabiylashganda ovqat eyishdan o`zini to`xtata olmaydiganlar bor. Buning sababi nimada?

Bu aksariyat ayollarning o`ziga-o`zi topgan bahonasi. Nima uchun o`sha ayol ovqat eyish o`rniga o`zi uchun foydali va yoqimli mashg`ulot bilan asablarini tinchlantirmaydi?! Ayolning xoh u uyda o`tirsin, xoh ishlasin, o`zini qiziqtirgan, zavq ola biladigan mashg`uloti bo`lishi kerak. Bunday hollarda ko`chaga chiqib sayr qilish yoki yaxshi kitob o`qish yo birorta qo`l mehnati bilan shug`ullangani yaxshi. Ya`ni mashg`ulot unga ham zavq beradigan, ham salomatligi uchun zarar qilmasligi kerak.

Tug`ruqdan so`ng osilib qolgan qorinni to`la yo`qotish mumkinmi?

Albatta mumkin. Buning uchun ham harakat lozim. Ayol tug`ruqdan keyin qorni osilib qolishini istamasa, albatta «press» mashg`ulotini har kuni takrorlashi kerak. Shuningdek, momolarimizdan qolgan odat: tug`ruqdan so`ng belni bog`lab yurish lozim.

Erkaklar diqqatiga!

Hurmatli erkaklar! E`tibor bergan bo`lsangiz, ishlaydigan ayol doimo go`zal va uyda o`tiradigan dugonalaridan yoshroq ko`rinadi. Buning sababi uning atrofdagilardan eshitayotgan e`tiroflari bilan bog`liq. Ayolingizni seving, undan maqtovlaringizni, shirin so`zlaringizni ayamang. Shunda u sizga yanada go`zal ko`rinish uchun har qanday vaznni engib, sarviqomat xurliqoga aylanish harakatida bo`ladi.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1