04.12.2013 14:50
Viruslarning yangi turi parollarni “eshitib” o`g`irlaydi
ulangan bo`lishi shart emas.
Faqat o`rnatilgan mikrofon va dinamiklarning o`zidan foydalangan holda, tadqiqotchilar parollarni "Lenovo T400” noutbukidan qariyb 20 metr masofadagi boshqa kompyuterga uzatishga muvaffaq bo`lgan. Nazariyaga ko`ra, agar xakerlar audiosignallarni takrorlaydigan va nazorat qilinadigan qurilmalardan akustik ko`p aloqali tarmoqni yaratsa, masofa ancha kattaroq ham bo`lishi mumkin.
“Ma`lumotlar ushbu yashirin tarmoq orqali zararlangan hamda bir-biridan to`liq izolyasiyalangan kompyuter tizimlari va tarmoqni (masalan, Internet) birlashtiruvchi uzellar orasida sakrashi mumkin, - deb yozadi olimlar.
Shu tarzda xakerlar sanoat korxonalaridan qimmatli ma`lumotlarni “havo” orqali o`g`irlashi mumkin. To`g`ri, ushbu dastur ishlashi uchun u oldin qandaydir yo`l bilan kompyuterga tushishi kerak, masalan, USB-fleshka orqali.
Qarshi choralar sifatida tadqiqotchilar, birinchidan, kompyuterlardagi audiokirish va chiqishlarni, agar ular ishlatilmayotgan bo`lsa, o`chirib qo`yishni taklif etadi. Ikkinchidan esa, ular yuqori chastotali diapazonlarni blokirovka qilish uchun audiofiltrlarni iloji boricha kengaytirishni tavsiya etadi.





