AsosiySUG'DIYONA

HAYoTINGIZ MURAKKABLAShIB BORAYoTGANDEK TUYuLSA...

'HAYoTINGIZ MURAKKABLAShIB BORAYoTGANDEK TUYuLSA...'ning rasmi

Ba`zan hayotimiz ham tobora murakkablashib borayotgandek tuyuladi. Shunday paytlarda bolalikni qo`msab qolamiz. Biroq yaxshilab o`ylab ko`rsangiz, hayot o`sha-o`sha, o`zgarmagan. Faqat siz uni o`zingizga moslab o`zgartirgansiz, xolos. Kichikligingizda ovqat tanlamagan, libos ajratmagan bo`lsangiz, endi bularga alohida e`tibor qaratib, har birini tanlaysiz. Bu esa oddiy narsalarning katta muammolarga aylanishi uchun etarli. Qarabsizki, boshqa muammolar ham chuqurlashib, ildiz otaveradi. Biroq hammasi o`z qo`lingizda!

  • Boshqalar fikrini o`qishga harakat qilmang. Kimning nima deyishi, qanday yo`l tutishi bilan qiziqib, o`zingizga muammo orttirishingiz mumkin. Hamma bilan ochiq muloqot qiling-da, o`zgalar hayotiga aralashmang.
  • Kundalik hayot uchun zarur narsalarnigina xarid qiling. Atrofdagilarda yaxshi taassurot uyg`otish uchun o`zingizni ko`z-ko`z qilishingiz shart emas. Muomalangiz siz uchun ko`zgudir.
  • Boshqalardan o`zaman deb, kimlargadir hasad qilishdan saqlaning. Unutmang, havas va hasad qilishingiz mumkin bo`lgan yagona inson — O`zingizsiz!
  • Hayotingizga yolg`on aralashtirmang. Zotan, bir yolg`ondan qutulish uchun albatta ikkinchisini topasiz. Keyingilari esa o`z-o`zidan ulanaveradi. Qarabsizki, muammolaringiz chuqurlashib boraveradi.
  • Niyat va istaklaringizni yashirmang. Ularning albatta amalga oshishiga ishoning. Ishonch bizni olg`a intilishga undaydi. O`z imkoniyatlariga ishongan inson uchun hamma eshiklar ochiq.
  • Atrofdagilar bilan muloqotda haqligingizni isbotlash uchun asabingizga erk bermang. Yaxshisi, mulohaza qiling. Siz uchun to`g`ri bo`lgan tushunchalar ehtimol kimgadir boshqacha tuyular. O`z fikringizni boshqalarga o`tkazishga urinmang. Har kimning o`z hayoti bor!

Manba: «SUGDIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar