AsosiySUG'DIYONA

20 DAQIQA… HAYoTINGIZNI O`ZGARTIRISh UChUN ZO`R IMKONIYaT!

'20 DAQIQA… HAYoTINGIZNI O`ZGARTIRISh UChUN ZO`R IMKONIYaT!'ning rasmi

Har kuni 20 daqiqa sport bilan shug`ullansangiz, salomatligingiz sizni bezovta qilmaydi.

Har kuni 20 daqiqa uyingizni tozalash ishlari bilan shug`ullansangiz, xonadoningizda betartiblik kuzatilmaydi.

Har kuni 20 daqiqa diqqatni jamlab, bir nuqtaga qarang, shunda sizning aqliy faoliyatingizda inqiroz kuzatilmaydi.

Har kuni 20 daqiqa turmush o`rtog`ingizni jon qulog`ingiz bilan eshiting, natijada munosabatlarda muammolar kuzatilmaydi.

Har kuni hech bo`lmaganda 20 daqiqa keraksiz axborotlarni eshitmaslikka harakat qiling, shunda miyangizni keraksiz ma`lumotlardan himoya qilasiz.

Har kuni 20 daqiqa xarajatlaringizni hisob-kitob qilsangiz, moliyaviy muammolarga duch kelmaysiz.

Har kuni 20 daqiqa hech narsani o`ylamasdan, ruhan va jismonan orom olsangiz, charchoq nimaligini unutasiz.

Har kuni 20 daqiqa badiiy kitob yoki foydali qo`llanma o`qisangiz, tajribangiz oshadi, dunyoqarashingiz kengayadi.

Har kuni 20 daqiqa tashqi ko`rinishingiz parvarishiga vaqt ajratsangiz, sog`lom va go`zal bo`lasiz.

Manba: “SUG‘DIYONA” gazetasi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar