Zarur masalliqlar: xamiriga: 4 stakan un, 1,5 stakan shakar, yarim stakandan o`simlik yog`i va apelsin sharbati, 150 gr. sariyog`, 3 dona tuxum, 3 choy qoshiq xamiryumshtagich, yarim choy qoshiq tuz, 1 choy qoshiq vanilin; ichiga solishga: malina murabbosi, maydalangan yong`oq mag`zi va mayiz, dolchin.
Tayyorlanishi: 1. Shakar, un, xamiryumshatgich va tuzni aralashtiring.
2. O`simlik yog`iga apelsin sharbati, vanilin va tuxumni soling. Unli aralashmaga qo`shib, xamir tayyorlang. Zuvalani sellofanga o`rab, yarim soatga muzlatkichga qo`ying.
3. Xamirni to`rt bo`lakka bo`ling. Har bir bo`lakni qo`lingiz bilan to`rtburchak shaklda yoyib, yumshatilgan sariyog` surting. So`ngra malina murabbosini. Mayiz va maydalangan yong`oq mag`zini ham solib, rulet shaklida o`rang. Keyin bo`laklarga bo`lib, yog`langan gaz patnisiga joylang.
4. Shirinliklar yuziga dolchin va shakar sepib, 190 darajada qizdirilgan gaz pechiga 25 daqiqa qo`ying.
Tayyorlanish vaqti: 1 soatu 25 daqiqa.
6 kishilik.
Manba: “SUG‘DIYONA” gazetasi






