AsosiySUG'DIYONA

SARDOR RAHIMXONDAN BALIQLI “DUET”

'SARDOR RAHIMXONDAN BALIQLI “DUET” 'ning rasmi

"Darakchi" gazetasining "O`zbegim oshxonasiga" loyihasi qahramoni - taomnomani yangilab turish maqsadida “ijodxona”da yangi taomlar borasida “kashfiyot” qilishni xush ko`ruvchi O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sardor RAHIMXON baliqli “duet” taomi bilan “Palete” restorani oshpazi Dmitriy Vinogradovni ham lol qoldirdi...

Zarur masalliqlar:

  • 100 gr. syomga balig`i,
  • 100 gr. sudak balig`i.

Sous uchun zarur masalliqlar:

  • 2 qoshiq tuyilgan ismaloq,
  • 100 gr. qaymoq,
  • 50 gr. saryog` yoki o`simlik yog`i.

Bezak uchun zarur masalliqlar:

  • 3 qoshiq mayonez,
  • yarimta lavlagi,
  • 1 ta daykon (koreys rediskasi),
  • 1 ta kabachki,
  • 2 ta cherri pomidori,
  • yarimta limon.

Tayyorlanishi:

1-jarayon:

Baliq tuz va murch bilan marinadlanadi.

2-jarayon:

Qizigan tovaga pergament qog`ozini qo`yasiz va baliqni solib, baland olovda 5 daqiqa qovurasiz.

Oz vaqtligiga ajablanmang, chunki bu tez pishadigan baliq turiga kiradi.

3-jarayon:

Baliqni likopchaga solib, bezak beramiz. Lavlagining sharbati mayonez bilan aralashtiriladi.

Va maxsus qolipchaga solib, likopchaning chetiga shakllar chiziladi.

Cherri pomidori ikkiga bo`linadi, daykon, kabachki, limonni parrak shaklida to`g`rab, didingizga qarab bezatasiz.Kabachkining bir qismini yog`da qovurib olasiz.

Sous tayyorlash:

Saryog` yoki o`simlik yog`ida ismaloq ikki daqiqa davomida past olovda qovuriladi.

Ustiga qaymoq solib aralashtiriladi. Masalliq quyilsa, bilingki, sous tayyor.

Sadoqat ALLABERGANOVA tayyorladi. Fotomuxbir: Islom RO`ZIEV

    Boshqa yangiliklar