AsosiySUG'DIYONA

JASUR UMIROVDAN TEZPIShAR TAOM

'JASUR UMIROVDAN TEZPIShAR TAOM 'ning rasmi
"Darakchi" gazetasining "O`zbegim oshxonasiga" loyihasi qahramoni oshxonaga umuman yo`li tushmagan, biror marta taom tayyorlamagan xonanda Jasur UMIROV “Palete” restorani oshxonasida tezpishar ovqat pishirib, oshpaz Jaloliddin Karabaevni ham shoshirib qo`ydi...

Zarur masalliqlar:

  • 100 gr. bon file,
  • 1 ta tuxum,
  • 300 gr. jo`xori uni,
  • tuz, murch, kashnich urug`i, soya.

Bezatish uchun zarur masalliqlar:

  • Anor, limon,
  • cherri pomidori,
  • rukkola ko`kati.

Tayyorlanishi:

1-jarayon:

Bon file tuz, murch, kashnich urug`i va soya bilan marinadlanadi.

So`ng barmoq qalinligida somoncha shaklida to`g`raladi.

Go`shtni avval atalangan tuxumga, so`ng jo`xori uniga bulab, o`rta olovdagi yog`da qovurib olamiz.

Go`sht albatta, bon file bo`lishi shart, yo`qsa tez pishmaydi va mazasi ham kutilgandek chiqmaydi.

2-jarayon:

Pishgan go`shtni likopchaga solib, rukkola, bo`laklangan limon, anor donachalari va cherri pomidori bilan didingizga qarab bezatasiz.

Sadoqat ALLABERGANOVA tayyorladi. Fotomuxbir: Islom RO`ZIEV

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar