AsosiySavol-javob

O`RTA MAXSUS MA`LUMOTLI SPORT MURABBIYI QAERDA IShLAShI MUMKIN?

'O`RTA MAXSUS MA`LUMOTLI SPORT MURABBIYI QAERDA IShLAShI MUMKIN?'ning rasmi

— O`g`lim pedagogika kollejida jismoniy tarbiya va bolalar sporti murabbiyi yo`nalishida tahsil olgan. Maktabda to`garak rahbari bo`lib ishlaydi. Agar to`garak rahbari shtatlari qisqarsa nima ish qilishi mumkin?

Gulchehra Jabborova, Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani

Sherzod Pardaev, O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarma boshlig`i o`rinbosari:

— O`g`lingiz o`rta maxsus ma`lumoti bilan bolalar va o`smirlar sport maktablarida murabbiy, "Barkamol avlod" markazlarida to`garak rahbari, maktabgacha ta`lim muassasalarida jismoniy tarbiya yo`riqchisi lavozimlarida ishlashga haqli.

    Boshqa yangiliklar