AsosiySUG'DIYONA
9364

ZIG`IR YoG`I — SARATONGA QARShI

'ZIG`IR YoG`I — SARATONGA QARShI'ning rasmi

Zig`ir yog`i yoshartiradi. Uning tarkibida Omega-3 yog` kislotalari mavjud. Bu kislota moddalar almashinuvida muhim rol o`ynaydi.

  • Ozish uchun: kundalik taomnomangizdagi o`simlik yog`ini zig`ir yog`iga almashtiring. Uni salatlarga qo`shib iste`mol qilish ham foydali.
  • Xolesterin miqdorini tushirib, qonni suyultiradi.
  • Agar yurak-qon tomir kasalliklariga chalinishni va tromb yuzaga kelishini istamasangiz, doimiy ravishda zig`ir yog`i iste`mol qiling.
  • Ko`krak va yo`g`on ichak saratoniga chalinish xavfini kamaytirib, gormonal fonni yaxshilaydi. Buning uchun har kuni ertalab och qoringa 1 osh qoshiq zig`ir yog`ini bir stakan qatiqqa aralashtirib ichiladi.
  • Operasiyadan chiqqan bemorlar, homilador ayollar, bolalarga kuniga ertalab och qoringa, ovqatlanishdan 20 daqiqa avval bir osh qoshiq zig`ir yog`i ichish tavsiya etiladi. Muolaja davomiyligi: 10 kundan, uch-to`rt marta, orada 2-4 hafta tanaffus bilan.
  • Aterosklerozda: 1-1,5 oy mobaynida ovqatlanishdan avval 2 osh qoshiq zig`ir yog`i ichiladi. 3 haftalik tanaffusdan keyin muolajani yana takrorlash mumkin.
  • Bo`g`inlar og`rig`ida: uyquga ketishdan avval 1 osh qoshiq zig`ir yog`i ichib, bo`g`inlarga ham surtish kerak.

Mumkin emas: o`t pufagi toshi, pankreatit kabi kasallik bilan og`riganlar zig`ir yog`ini iste`mol qilmaganlari ma`qul.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar