AsosiySUG'DIYONA

BOLANGIZ YO`TALYaPTIMI? QARShI ChORALAR BILAN TANIShING!

'BOLANGIZ YO`TALYaPTIMI? QARShI ChORALAR BILAN TANIShING!'ning rasmi
  • Bitta piyozni maydalab to`g`rang-da, 2 osh qoshiq shakar bilan aralashtirib, ertalabgacha qoldiring. Keyin sharbatini olib, bolangizga 1 choy qoshiqdan kuniga 2 mahal ichiring. Muolaja davomiyligi: 3-4 kun.
  • 2 osh qoshiq xantalni 2 litr qaynoq suvga soling. Bolakay 15 daqiqa suvga oyoqlarini solib o`tirsin. Faqat suvning issiqlik darajasi teri kuyadigan darajada bo`lmasligiga e`tibor qiling. So`ngra yaxshilab artib, issiq paypoq kiydiring. Bu muolajani uxlashdan oldin bajargan ma`qul.
  • Farzandingizni yo`tal bezovta qilsa, mineral suv yoki iste`mol sodasi solingan suvning bug`iga tomog`ini tutib turishi ham foyda beradi. Faqat suvning issiqligi 40 darajadan oshmasligi kerak.
  • Bitta limonni siqib, sharbatini 10 daqiqa past olovda qaynating. So`ngra 2 osh qoshiq gliserin qo`shing. Toki aralashma 1 stakan bo`lguncha asal qo`shing. Kuniga bir marta 1 osh qoshiqdan bolaga berish mumkin. Agar yo`tal kuchli bo`lsa, 3 osh qoshiqdan.
  • 2 ta bananni qirg`ichdan o`tkazing. 200 ml. suvga soling. 2 osh qoshiq shakar qo`shib, qaynating. Issiq holida bolakayga 2 osh qoshiqdan ichiring.
  • 200 ml. sutni teng miqdordagi mineral suv bilan qaynatib, 1 choy qoshiq asal qo`shing. Kuniga 2-3 marta 1 osh qoshiqdan bolakayga ichirish mumkin.
  • Kichkintoy yo`talayotganda uni massaj qilish ham foydali.
  • 1 bosh piyoz va 2 bo`lak sarimsoqpiyozni maydalab to`g`rab, 2 stakan sutga solib, to yumshaguncha qaynating. 1 choy qoshiq asal ham qo`shing. Quruq yo`tal farzandingizni bezovta qilganda, 1 osh qoshiqdan ichiring. Bir kunda 3 martagacha ichirish mumkin.
  • 300 gr. asalni yarim kg. maydalangan yong`oq mag`zi, 4 ta limon sharbati va 100 ml. aloe sharbati bilan aralashtiring. 1 choy qoshiqdan kuniga 3 mahal ichirish mumkin. Manba: «SUGDIYONA» gazetasi

Boshqa yangiliklar