AsosiySUG'DIYONA

QANDAY TAQINChOQLAR SALOMATLIKKA ZARAR?

'QANDAY TAQINChOQLAR SALOMATLIKKA ZARAR?'ning rasmi
  • Uzuklar barmoqlarning biologik faol nuqtalari orqali organizmning eng muhim tizimlari — ovqat hazm qilish, gormonal, tanosil, tayanch-harakat tizimlariga ta`sir ko`rsata oladi. Uzuklarni kuniga 6 soatdan ko`p taqish tavsiya etilmaydi. Kechasi esa ularni, albatta, echib qo`yish kerak. Bir vaqtning o`zida uchtadan ko`p uzuk taqish mumkin emas.
  • Barmoqlarni juda siqib turadigan uzuk radikulit va osteoxondrozni keltirib chiqarishi mumkin.
  • Tilla organizmdagi barcha jarayonlarni faollashtiradi. Shuning uchun melanxoliya, apatiya va ishtaha yo`qligida bu metalldan ishlangan taqinchoq taqish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, tilla xotirani yaxshilab, yurakni baquvvat qiladi.
  • Kumush uzuk va zirak taqish serzardalik holatlarida yordam beradi. Qolaversa, kumush nafas olish va ovqat hazm qilish tizimlari xastaliklarida yordam beradi.
  • Tilla va kumush taqinchoqni birgalikda taqish tavsiya etilmaydi. Chunki bu metallarning bioquvvati turlicha. Shuning uchun birgalikda taqqanda organizmga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin.
  • Arzon bijuteriyalar allergiyaga moyil ayollarga to`g`ri kelmaydi. Bu ko`zni quvnatadigan uzukchalar, bilaguzukcha va zirakchalar ulkan ko`ngilsizliklarni «tuhfa etishi» mumkin.
  • Eng allergiya chaqiruvchi tosh — nikel. Bu metalldan yasalgan taqinchoq qariyb 20 foiz insonda teri qichishishini keltirib chiqaradi.

Manba: «SUGDIYONA» gazetasi

Boshqa yangiliklar