Jozibali ko`rinish uchun sochlarni turli usulda turmaklashdan cho`chimang. Turli ko`rinishlarni sinab ko`rgachgina o`zingizga mosini topishingiz mumkin. Quyidagi soch turmagi ham sizni nazokatli va nafis ko`rsatadi.
- Yoyilgan sochlarni ikkiga ajratib, har bir tarafini ployka bilan burama to`lqin ko`rinishiga keltiring.
- Qayiltirilgan sochlarni shpilka bilan tepaga oling.
- Qayiltirilgan sochlarni orqa tarafga olib, uch qismidan ichkariga qarata xiyol qayiltiring va shpilka qadang. Yon tarafda qolgan sochlar engil va nafis to`lqinsimon ko`rinishga keladi.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.






