AsosiySUG'DIYONA
13472

HOMILADORLIK TAVSIYa ETILMAYDIGAN 5 XASTALIK

'HOMILADORLIK TAVSIYa ETILMAYDIGAN 5 XASTALIK'ning rasmi

Ayol uchun onalik baxtiga teng keladigani yo`q. Biroq ayrim holatlar borki, bunda homiladorlik kelgusidagi asoratlarning oldini olish uchun ham tavsiya etilmaydi. Zero, sog`lom farzand ko`rish uchun ayol salomatligi ham shunga mos bo`lishi lozim. Ayrim hollarda turmushga chiqqan qizlar organizmidagi o`zgarishlar kutilmaganda turli kasalliklarni yuzaga keltiradi. Quyida ana shunday xastaliklar haqida suhbatlashamiz.

Epilepsiya (tutqanoq)

Bu kasallikning belgilari bosh miya faoliyati bilan bog`liq bo`lib, tutqanoq tutishi va tez-tez hushdan ketish bilan ifodalanadi. Epilepsiya tashxisi qo`yilgan ayollarga homiladorlik tavsiya etilmaydi. Biroq kasallikning darajasiga qarab hamda muntazam muolajalari bilan birgalikda homiladorlikka erishish mumkin. Noxush holatlarning oldini olish uchun kasallik qancha erta aniqlanib, davolansa, shuncha yaxshi.

Yurak porogi (yurak pulsi o`zgarishi, nafas qisishi, qon aylanishining buzilishi)

Agar yurak faoliyatining buzilishi bilan bog`liq xastaliklar ayol salomatligi uchun xavf tug`dirsa, homiladorlik tavsiya etilmaydi. Bu holatda yurak faoliyati homilani ko`tara olmay, etarli quvvat bilan ta`minlay olmaydi. Buning ta`sirida esa boshqa o`zgarishlar ham kelib chiqish ehtimoli mavjud.

Yurak faoliyati bilan bog`lik kasalliklarda ayol avval to`liq davolanib, bir qator tekshiruvlardan o`tishi kerak. Agar shifokor tomonidan homiladorlik ta`qiqlansa, tavakkal qilish yaramaydi.

Qandli diabet

Mazkur kasallikning homiladorlik uchun mumkin bo`lmagan quyidagi µolatlari mavjud. Bular:

  • Ota-onaning ikkalasida ham qandli diabet mavjud bo`lsa, tug`ilajak bolada kasallikning erta boshlanish xavfi yuzaga kelishi mumkin.
  • Kasallikning rivojlanish jarayonida organizmda uning asoratlari yuzaga kelganda;
  • qandli diabet ta`sirida yuzaga kelgan boshqa turdagi kasalliklarda homiladorlik tavsiya etilmaydi.

! Kasallik holatiga aniq baho berish uchun malakali shifokor tekshiruvidan o`tib, kerakli xulosaga ega bo`lish lozim. Kasallik darajasi sog`lom homilani dunyoga keltirish uchun to`sqinlik qilmasligi mumkin. Biroq shunda ham ayol organizmi uchun jiddiy ta`sir etishi ehtimoli yo`q emas.

Kamqonlik

Homilador bo`lmagan ayol ham har olti oyda tekshiruvlardan o`tishi kerak. Tekshiruv jarayonida qon tahlili, jumladan, gemoglobin miqdori o`lchanadi. Agar ayol organizmida kamqonlikning homiladorlikda taqiqlanuvchi darajalari aniqlansa, farzand ko`rish tavsiya etilmaydi. Shuningdek, surunkali va o`tkir leykoz xastaligida ham homiladorlik kasallik avj olishiga olib kelishi mumkin. Bordiyu xastalikni boshdan kechirayotgan davrda homiladorlik yuzaga kelsa, muolajalar homilaning sog`lom rivojlanishi uchun salbiy ta`sir ko`rsatishi ehtimoli mavjud.

Asab tizimi bilan bog`liq xastaliklar

Homiladorlik ma`n etiluvchi asab tizimi bilan bog`liq xastaliklar qatoriga nasliy, degenerativ va nerv tizimidagi shamollash µolatlarini kiritish mumkin. Mazkur kasalliklar mavjud bo`lgan holatda homiladorlik yuz bersa, bu sog`lom farzand ko`rish imkonini birmuncha kamaytiradi. Jumladan, miopatiya, miasteniya, skleroz kasalliklarida homiladorlik tavsiya etilmaydi. Biroq ayrim asab kasalliklarining engil va davolanuvchi turida farzand ko`rish imkoniyati saqlanib qoladi.

  • Manba: «SUGDIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar