AsosiySUG'DIYONA
15240

QALAMPIR — BEL OG`RIG`IGA DAVO

'QALAMPIR — BEL OG`RIG`IGA DAVO'ning rasmi

Shifobaxsh xususiyatlari:

  • tarkibida askorbin kislotasi yuqori;
  • og`riq qoldiruvchi;
  • shamollashda badanni terlatuvchi;
  • boshga damlama qilib surtilganda qon aylanishini yaxshilovchi xususiyatlari bor.

Nojo`ya ta`siri: ko`p miqdorda iste`mol qilinganda ter ajralishi ortishi, buyrak va jigar faoliyatining buzilishi, ba`zi hollarda ko`ngil aynishi va qayd qilish kabi holatlar kuzatilishi mumkin.

Kimlarga mumkin emas? Oshqozon, buyrak va jigar kasalliklariga chalingan bemorlarga tavsiya etilmaydi.

Resept: 3-4 ta qalampir 200 gr. suvda qaynatiladi. Pishgach, maydalab to`g`rab, arpa uni va kunjut yog`i aralashtiriladi. Mazkur malhamni Bel og`rig`i, mushaklar shamollashida og`riqli joylarga surtish mumkin.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar