1

UZLUKSIZ ISh STAJINING TARTIBI QANDAY?

Savol-javob 11.10.2017, 17:35
UZLUKSIZ ISh STAJINING TARTIBI QANDAY?

— Bir ishdan bo`shab boshqa ishga kirish orasidagi muddat staj uzilib qolmasligi uchun qancha bo`lishi kerak?

Nargiza Anorqulova, Toshkent shahar Yashnobod tumani

Bahodir NIZOMOV, O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o`rinbosari:

— Uzluksiz ish staji bo`yicha tartib yoki tushunchalar hukumatning ayrim qarorlarida belgilangan.

Masalan:

Tibbiyot va farmasevtika xodimlarining mutaxassisligi bo`yicha uzluksiz ish stajini hisoblab chiqarish tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi "Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to`lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to`g`risida"gi 276-son qarorining 3-ilovasida ko`rsatilgan.

Mazkur ilovaning 3-bandiga asosan tibbiyot va farmasevtika xodimlari lavozimiga:

  • muassasalardan (bo`linmalardan) ularni tugatish (qayta tashkil etish) yoki lavozimni qisqartirish, yohud doimiy yashash joyini o`zgartirish bilan bog`liq holda ishdan bo`shatilgan kundan boshlab 3 oydan kechikmay;
  • muassasalardan (bo`linmalardan) o`z xohishiga ko`ra (uzrli sababga ko`ra), shu jumladan eri yoki xotini boshqa joyga o`tkazilganda (o`tkazish vaqti bir oy muddatga kiritilmaydi) ishdan bo`shatilgan kundan boshlab bir oydan kechikmay. O`z xohishiga ko`ra bo`shatilishida uzrli sabab deb e`tirof etish amaldagi qonun hujjatlari tomonidan belgilanadi;
  • agar bevosita oldin ishlagan sog`liqni saqlash muassasalarida (bo`linmalarida) bir oydanko`p bo`lmagan tanaffus bilan ta`lim olgan bo`lsa, oliy, o`rta maxsus tibbiyot o`quv yurtlari, klinik ordinatura yoki aspiranturani tugatgandan keyin bir oydan kechikmay;
  • agar xizmat bevosita oldin muassasalarda (bo`linmalarda) o`tgan bo`lsa, O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan bo`shatilgan vaqtdan boshlab ko`chib o`tishga ketgan vaqtni hisobga olmagan holda 3 oydan kechikmay;
  • harbiy xizmatchi erini (xotinini) boshqa joyga o`tkazishda ishdan bo`shatilgan yoki O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan bo`shatilishi munosabati bilan erining (xotinining) ko`chib o`tishi bilan bog`lik holda ishdan bo`shatilgan kundan boshlab 3 oydan kechikmay;
  • muassasalardan (bo`linmalardan) bo`shatilishiga sabab bo`lgan vaqtinchalik nogironligi yoki kasalligi tugagandan keyin, shuningdek ushbu asoslarga ko`ra boshqa ishga o`tkazilgan hollarda bir oy mobaynida;
  • agar bevosita oldin ishlagan muassasalardan (bo`linmalardan) pensiyaga chiqqan bo`lsa, yoshga doir pensiyaga, nogironlik pensiyasiga yoki uzoq yil xizmat qilganlik uchun pensiyaga chiqqanda;
  • agar xorijda bevosita oldin muassasalarda (bo`linmalarda) ishlagan bo`lsa, chet ellardagi muassasalarda, boshqa davlatlarga texnik yordam ko`rsatish bo`yicha mutaxassis sifatida xalqaro tashkilotlardagi ishdan O`zbekiston Respublikasiga qaytgandan keyin 2 oydan kechikmay ishga kirganda uzluksiz ish staji saqlab qolinadi. Chet eldan yashash joyiga kelish hamda chet elda ishlagan vaqtida foydalanilmagan ta`tilda bo`lish vaqti mazkur ikki oylik muddatga kiritilmaydi.
Ushbu qoida xodimlar bilan birga chet elda bo`lgan oila a`zolariga nisbatan ham qo`llaniladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1