1

“ORGANDA IShLAB, BO`ShAGANMAN, XORIJGA ChIQSAM BO`LADIMI?”

Savol-javob 11.10.2017, 17:39
“ORGANDA IShLAB, BO`ShAGANMAN, XORIJGA ChIQSAM BO`LADIMI?”

Respublika ichki ishlar organlarida ishlagan va o`z xohishiga ko`ra ishdan bo`shagan fuqaro xorijga ishlashga chiqishi mumkinmi?

Xurshid Ro`ziqulov, Samarqand shahri

Badriddin ShORIXSIEV, IIV Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarma boshlig`i:

— O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 6 yanvardagi «O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlari tartibini va O`zbekiston Respublikasining diplomatik pasporti to`g`risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi 8-sonli Qaroriga asosan, quyidagi sabablar chet elga borish huquqini cheklash uchun asos bo`lib xizmat qilishi mumkin:

  • agar shaxs davlat siri hisoblangan ma`lumotlardan voqif bo`lsa yoki uning chet elga borishiga monelik qiluvchi boshqa shartnoma, kontrakt majburiyatlari amalda bo`lsa — bu holatlarning amal qilishi tugagunga qadar;
  • agar shaxsga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atilgan bo`lsa — ish bo`yicha yakuniy qaror qabul qilingunga qadar;
  • agar shaxs sudning hukmi bilan alohida xavfli residivist deb tan olingan yoki ichki ishlar organlarining ma`muriy nazorati ostida bo`lsa — sudlanganlik bekor qilinmagun (olib tashlanmagun)ga qadar yoki nazorat qilish to`xtatilgungacha;
  • agar shaxsda sud tomonidan yuklangan ijro etilmagan majburiyatlar bo`lsa — majburiyatlar ijro etilgunga qadar;
  • agar shaxs o`zi to`g`risida qasddan sohta ma`lumotlarni bergan bo`lsa;
  • agar sudda shaxsga nisbatan fuqarolik da`vosi ko`zg`atilgan bo`lsa — ish ko`rib chiqilgunga qadar;
  • agar shaxs chaqiriq uchastkasida ro`yxatga olingan va haqiqiy muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi kerak bo`lsa — haqiqiy muddatli xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi zahirasidagi xizmatni o`tagunga qadar O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq undan ozod qilingunga qadar;
agar shaxsga nisbatan Ichki ishlar vazirligida yoki Tashqi ishlar vazirligida vakolatli organlarning ushbu shaxsning chet elda bo`lgan vaqtda kelgan mamlakati qonunlarini buzganligi (qonun buzilishlari ro`yxati tegishli organlar tomonidan belgilanadi) to`g`risidagi axboroti, shuningdek borishi maqsadga muvofiq emasligini ko`rsatadi axboroti mavjud bo`lsa — axborot hisobga olingan kundan boshlab ikki o`tgunga qadar

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1