Germaniyada o`tkazilgan ko`rgazmada Zilla qishlog`ida yashovchi bolalar sobiq sho`ro tankining dvigateli o`rnatilgan ulkan motosiklni namoyish etishdi. Bunday ulkan motosiklni yaratish g`oyasi HarzerBike’da yashovchi Tilo Nyoybeldan chiqdi. Balandligi 5,8 metr bo`lgan apparatga T-55 tankining 12 silindrli dvigateli o`rnatildi. "KatharinadieGroße" (Buyuk Ekaterina) deb nomlanuvchi mazkur motosiklning eni 2,8 metr bo`lgan kajavasi mavjud bo`lib, og`irligi 4,3 tonnani tashkil etadi. Shuning uchun ham u dunyoning eng og`ir motosikli sifatida “Ginnessning rekordlar kitobi”ga kirgan.






