AsosiyHi-tech

QAYTA TA`MIRLANMAYDIGAN YO`L YaRATILADI

'QAYTA TA`MIRLANMAYDIGAN YO`L YaRATILADI'ning rasmi

Albatta mazkur savolga Composites Science and Technology jurnalida berilgan ma`lumotga­ tayangan holda javob berish ­mumkin...

Rossiya olimlari o`zini-o`zi qayta tiklovchi yangi moddani yaratishga erishishdi. Mazkur moddani asfaltga qo`shish orqali o`z-o`zini qayta tiklovchi asfalt yo`l yaratish mumkin, deyishmoqda. Mazkur aralashmani asfalt yo`lning qurilishida ishlatilsa, yo`llardagi nuqsonlar va qayta ta`mirlashlar batamom yo`qoladi, ya`ni yangi yaratilgan modda asfaltning zararlangan qismi bilan reaksiyaga kirishib, doimiy qayta tiklaydi.

Bu bilan yo`l ta`mirlash xarajatlari hamda ishchi kuchini 3 barobargacha kamaytirilishiga erishiladi. Yangi texnologiyalar, shuningdek, sinovlar doirasida “Futbol bo`yicha jahon chempionati-2018” ga qadar ko`plab yo`llar shu tizimga o`tishi ta`kidlanmoqda. Bundan tashqari, mazkur ixtiroga Mongoliya, Qozog`iston, Malayziya, Germaniya, Avstriya, Xitoy va Gonkong kabi davlatlar qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar