1

«VASIYaT O`ZGARDI, ENDI KO`ChADA QOLAMIZMI?»

Savol-javob 13.10.2017, 09:52
«VASIYaT O`ZGARDI, ENDI KO`ChADA QOLAMIZMI?»

-Otam 2003 yil uyni bizga vasiyat qilgan. 2006 yili esa qaytadan vasiyat tuzilib, uy amakimga qoladigan bo`ldi. Ayting-chi, bu vaziyatda qay bir vasiyatnoma haqiqiy hisoblanadi? Agar birinchisi bekor qilingan bo`lsa, uysiz qolamizmi?

Botir Rahmatov, Sirdaryo viloyati

-Vasiyatnoma mulkdorni o`z mulkiga nisbatan oxirgi xohish-irodasi hisoblanadi. Mulkdor tomonidan qoldirilgan vasiyatnomalar bir nechta bo`lganida sana bo`yicha oxirgisi haqiqiy sanalib, bunga qadar rasmiylashtirilganlari esa o`z kuchini yo`qotadi. Agar siz meros qoldiruvchining uyida ro`yxatda bo`lib, doimiy yashab kelayotgan bo`lsangiz, uyning mulkdori o`zgarishiga qaramasdan ushbu uydan foydalanish huquqini saqlab qolasiz.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1