Hozirda fan-texnika taraqqiyoti tufayli odamlarni uzog`i yaqin, og`ir ishi engillashib bormoqda. Telefon apparatlari, internet tarmog`i va turli xil maishiy, texnik buyumlarni bunga yaqqol misol qilishimiz mumkin. Masalan: internet tarmog`i orqali siz chet elda istiqomat qiluvchi do`stingiz yoki biror tanishingiz bilan internet tarmog`i orqali xoh telefonda bo`lsin, xoh kompyuterda bo`lsin, bemalol bir-biringizni ko`rib gaplashishingiz mumkin. Bu esa mobil aloqa telefoni bilan gaplashgandan ko`ra 5-10 barobar arzon va qulaydir. Faqat siz internet tarmog`iga ulangan bo`lsangiz...
Bu dastur (http://trueconf.ru) ning afzalligi shundaki, 120 kishilik foydalanuvchilarni guruh tarzida birlashtira oladi. Bu dastur ishlash tezligi hamda tasvirni 720 pikseldan 1080 pikselgacha tiniqligi bilan ajralib turadi. Bu dasturda 120 kishi bitta guruhda birlashgan holda foydalansa ham tasvir yorqinligi o`zgarmaydi. TrueConf dasturini bepul quyidagi link orqali ko`chirib olib, Windows, MacOSX, Linux, Android, iPhone, iPad kabi mobil aloqa vositalari hamda kompyuterlarga o`rnatib unumli foydalanishingiz mumkin.