Tozalikka rioya qiling!
- Ovqat tayyorlashga kirishishdan avval qo`llaringizni yaxshilab yuving.
- Uy yumushlari va hojatdan so`ng oshxonaga qo`lingizni yuvmay kirmang!
- Ovqat tayyorlashda ishlatiladigan va boshqa xil oshxona jihozlarini toza tuting.
Mahsulotlarni kerakli darajada pishirilishini nazorat qiling!
- Har bir taom tayyorlanish jarayonida qaynab chiqishi lozim! Kamida 70 daraja haroratda taom tayyorlanishi kerak.
- Go`shtli mahsulotlarni pishirish jarayonida ularni yaxshilab qovurish lozim. Go`sht aslo pushti rangda bo`lmasin!
Suv va oziq-ovqat mahsulotlarning sifatiga e`tiborli bo`ling!
- Iste`mol qilinadigan suv, albatta, qaynatilgan bo`lishi lozim.
- Mahsulot xarid qilish jarayonida kerakli mutaxassislar tomonidan sifati tekshirilganlarini tanlang.
- Meva va sabzavotlarni yuvib ishlating!
Pishirilgan va xom mahsulotlarni alohida saqlang!
- Xom mol, parranda va baliq hamda dengiz mahsulotlarini pishirilgan mahsulotlardan alohida saqlang. Muzlatkichning boshqa-boshqa bo`linmalaridan foydalangan ma`qul.
- Xom go`sht mahsulotlarni kesish uchun alohida oshxona jihozlaridan foydalanishni maslahat beramiz.
Mahsulotlarni saqlash jarayonida haroratga ahamiyat bering!
- Pishirilgan mahsulotlarni xona haroratida 2 soatdan ortiq qoldirmang!
- Ovqatni suzishga qadar issiq holda (60 daraja issiqlikda) ushlab turishga harakat qiling.
- Muzlatilgan mahsulotlarni xona haroratida eritmang! Yaxshisi, bu ishni muzlatkichning harorati yuqoriroq bo`linmasida amalga oshiring.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi






