1

Jigar uchun foydali bo`lgan beshta mahsulot

Salomatlik 07.12.2013, 14:29
Jigar uchun foydali bo`lgan beshta mahsulot
Jigar – bizni zararli moddalardan himoya qilish uchun charchoqnimaligini bilmay mehnat qiladigan o`ziga xos filtrdir.

Spirtli ichimliklar, yog`li ovqat, oziq-ovqat mahsulotlaridagi kimyoviy qo`shimchalar, dorilar – bularning barchasi jigarimizning dushmani. Baxtimizga, uning do`stlari ham kam emas!

Qovoq

Jigar qizil va zarg`aldoq rangli etga ega meva-sabzavotlarni juda yaxshi ko`radi. Xususan, ana
shunday rangli qovoqda T vitamini ko`p bo`lib, u og`ir ovqatning hazm bo`lishiga yordam beradi va bu bilan jigarning ishini engillashtiradi.

Laminariya

Ushbu suv o`tini dengiz karami deb ham atashadi. Uning barglari 5%ga algin kislotasi tuzlaridan iborat bo`lib, u “zararli moddalarning tabiiy utilizatori” nomini ham olgan.
Alginatlar ayrim kimyoviy faol birikmalarni hamda og`ir metallar tuzlarini bog`laydi, ya`ni jigarga organizmni zararli moddalardan tozalashga ko`maklashadi.

Sut mahsulotlari

Qatiq, ryajenka yoki yogurtning yog`siz turlarini iste`mol qilgan ma`qul. Ularning barchasi ichak mikroflorasini sog`lomlashtiradi va organizmdan zararli moddalar chiqib ketishiga yordam beradi. Bundan tashqari, sut mahsulotlari toksinlarni o`ziga “shimib” oladi (shu jumladan, organizmga ifloslangan havo orqali tushadiganlarini ham) va ularni chiqarib tashlaydi.

Turshak

Jigar shirinlikni yaxshi ko`radi, har qanday quruq meva esa konfet va yog`li pirojniylardan ancha foydaliroq. Yaqinda mutaxassislar turshakni muntazam ravishda iste`mol qilish jigar
saratoni paydo bo`lishi xavfini kamaytirishini aniqladi.

Zaytun yog`i

Tarkibida E vitamini ko`p bo`lgan asosiy antioksidant. U organizmni erkin radikallar, ya`ni quyosh nuri, sigareta tutuni, ifloslangan havo va radiasiya tufayli hosil bo`ladigan moddalar ta`siridan himoya qiladi. Jigarimiz ham aynan shu zararli moddalar bilan kurashishga majbur.

Jigar uchun 5 ta asosiy vitamin


Jigar yaxshi ishlashi va charchab qolmasligi uchun rasioningizda doim “jigar” vitaminlari etarli bo`lishiga ahamiyat bering.

A v
itamini. Barcha qizil va to`q sariq mevalarda bor. Ayniqsa, karotinga sabzi, lavlagi, o`rik, bulg`orqalampiri, qovoq boy bo`ladi.

E vitamini
. Boshoqlilar, o`simlik yog`i va baliqda mavjud.

Omega
3 yog`li kislotalari. Ular asosan seld, forel yoki skumbriya kabi yog`libaliqlarda bo`ladi.

Riboflavin(V2
vitamini). U shaftoli, nok, lavlagi va ismaloqda ko`p.

Lipo
ykislotasi. Unisut mahsulotlari, ismaloq, mol go`shtida topasiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1