AsosiySUG'DIYONA

EPIPREMNUM GULI PARVARIShI HAQIDA

'EPIPREMNUM GULI PARVARIShI HAQIDA 'ning rasmi

Osiyoning tropik o`rmonlaridan kelgan bu ko`p yillik gulning 20dan ortiq turi mavjud. Epipremnum 10 metrgacha balandlikka, chirmoviq guliga o`xshab, o`rmalab o`sadi. Xona va ayvonlarni yashillikka burkash maqsadida foydalaniladi.

1. Yorug`lik

Gulga quyoshning kunduzgi nurlari juda muhim, ammo to`g`ridan-to`g`ri quyosh nurlari tagiga qo`ymang. Yorug`lik etishmaganda barglar oqarishni boshlaydi.

2. Harorat

Gul turgan xonada yozda 18–24 daraja, qishda esa 13–16 daraja haroratni saqlab turing.

3. Sug`orish

Bahor, yoz va kuz fasllarida gulga doimiy suv quyib turing. Ya`ni har 4–5 kunda bir marta. Qishda esa gul tuprog`i quriganidan “chanqaganini” tushunib olishingiz mumkin. Іaftada bir suv quyish kifoya.

4. Havo namligi

Epipremnum o`sayotgan xonada havo namligi 60 foizni tashkil etishi zarur. Yozda gul barglariga haftada 3 marta suv purkab turing. Yuqori havo namligi tez va yaxshi o`sishini rag`batlantiradi. Agar u isitgichlari bor xonada tursa, iloji bo`lsa, har kuni suv purkashni kandan єilmang.

5. Turpog`i

Tuproq, torf va qumni tengma-teng miqdorda aralashtirib, tagida teshikchalari bor tuvakka soling va gulni eking.

6. Ko`paytirish

Gulni qalamchasidan tezgina ko`paytirish mumkin. Istasangiz, suvga solib qo`ying, istasangiz torfli turpoqqa ekib, ustini polietilen xalta bilan yopgan holda, tomir chiqartiring. Gulni ko`chirib ekish uchun aprel oyi juda mos. O`zini tutib olgunicha har yili, so`ng esa har 2-3 yilda bir ko`chirib o`tkazing.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar