1

«YoRDAM BERAMAN DEGANDI, AMMO...»

Savol-javob 17.10.2017, 09:16
«YoRDAM BERAMAN DEGANDI, AMMO...»

-Qizim 2003 yildan buyon eri bilan birga yashamaydi. Qonuniy ajrashishmagan. Bolaning moddiy ta`minoti uchun alimentga beramiz desak, ixtiyoriy ravishda ko`maklashib turaman, degandi. Biroq o`shandan buyon 4-5 oyda bir marta 10090 ming so`mni pochtadan jo`natadi-da, qorasini ko`rsatmaydi. Ayting-chi, aliment to`lovining ixtiyoriy kelishuvi mavjud bo`lganida qarzdor ustidan shikoyat qilib qaerga murojaat etish mumkin?

Ismi sir tutildi

-Agar tomonlar o`rtasidagi aliment to`lovi to`g`risidagi kelishuv sud orqali yoki notarial tartibda tasdiqlangan bo`lsa, to`lov kelishilgan muddatda amalga oshirilmayotgani haqida sudga shikoyat keltirish mumkin. Aliment undiruvi to`g`risidagi kelishuv og`zaki tarzda tuzilib, yuqoridagi tartibda tasdiqlanmagan bo`lsa, aliment to`lovini undirish uchun sudga ariza bilan murojaat qilishingizni maslahat beramiz. Sud tomonidan aliment to`lovi murojaat etilgan kundan boshlab undiriladi.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1