AsosiySUG'DIYONA
9828

HOMILADOR AYoLLAR UChUN FOYDALI MAHSULOTLAR

'HOMILADOR AYoLLAR UChUN FOYDALI MAHSULOTLAR'ning rasmi

Homilador ayol ko`ngli tusagan narsani iste`mol qilishi shart deyishadi. Quyida ona va tug`ilajak farzandning sog`ligi uchun foydali mahsulotlar ro`yxatini havola etamiz.

  • Sut va qatiq mahsulotlari — kalsiy moddasining asosiy manbai! Kun davomida 200-300 gr.gacha sut iste`mol qilish Omega-3 yog` kislotasining me`yorini ta`minlaydi. Tungi uyqudan oldin ichilgan qatiq esa ovqat hazm qilish faoliyatini ta`minlab, oshqozondagi og`irlikni bartaraf etadi.
  • Go`sht — organizmni oqsil, temir va V guruh vitaminlari bilan to`yintiradi. Shu bilan birga, yurakka ham quvvat berib, homila rivojlanishi uchun foydalidir. Go`shtning eng ma`quli — yog`siz, qaynatilgan, bug`da tayyorlanganlari.
  • Na`matak, qorag`at, malina bo`lajak onalarning buyrak faoliyati uchun foydali ozuqadir. Bunday mevalarni murabbo ko`rinishida yoki choy o`rnida damlama tayyorlab qabul qilish mumkin.
  • Meva va sabzavotlardan istagancha iste`mol qilish mumkin. Biroq allergik holatlarga moyilligi borlar ayniqsa, sitrus mevalarni ehtiyotkorlik bilan tanovul qilish kerak. Sabzavotlardan har kungi taomnoma uchun biror engil salat tayyorlash foydadan xoli bo`lmaydi.
  • Baliq go`shti tarkibida D vitamini va fosfor bo`lib, u tug`ilajak bolaning asab tizimi faoliyati uchun juda zarur.
  • Pishloq, tvorog kabi mahsulotlarni har bir homilador ayol iste`mol qilish shart! Tvorog va pishloq tarkibidagi moddalar homilada turli patologiyalar yuzaga kelmasligini ta`minlasa, ayol uchun ko`rish qobiliyati, tishlar, soch va suyaklar mustahkamligi garovidir.
  • Kartoshka tarkibida faqat kraxmal bor, deb o`ylasangiz, adashasiz. Homilador ayollar uchun kartoshkadagi foliy kislotasi va kaliy moddasi foydali. Bu mahsulot yurak-qon tomirlar faoliyatini me`yorlashtirish xususiyatiga ham ega.
  • Yong`oq. Tug`ilajak bolaning asab va immun tizimi yaxshi bo`lishini istasangiz, kunora bo`lsa-da 4-5 tadan yong`oq eb turing.
  • Tuxum sarig`idagi xolin moddasi bolaning aqliy faoliyati uchun javobgar bo`lsa, xrom moddasi homiladorlik dastlabki oylaridagi ko`ngil aynishlarining oldini oladi.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar