“Telefonimni top” Find my iPhone(http://itunes.apple.com/us/app/find-my-iphone/id376101648?mt=8) xizmatini ishga tushiring. Bu xizmat orqali yo`qolgan telefonning qaerdaligini internet orqali topishingiz mumkin. Shuningdek, ekranini avtomatik qulflab, topib olgan odam sizga bog`lanishi uchun ekranda sizning telefon raqamingiz yoki pochta manzilingiz ko`rinadigan qilish mumkin. Bundan tashqari, internet orqali telefoningiz ichidagi barcha ma`lumotlarni butunlay o`chirib tashlashingiz ham mumkin. iCloud xizmati orqali barcha ma`lumotlaringizni saqlab boring. Telefoningiz yo`qolgan va qayta topilmagan taqdirda uning ichidagi barcha ma`lumotlarni iCloud orqali boshqa telefoningizga ko`chirib olishingiz mumkin.