- Qo`l terisini oziqlantiruvchi hamda yumshatuvchi ta`sirga ega kremlardan har kuni foydalaning. Ayniqsa, tarkibida A, E, D vitaminlari bo`lganlari juda foydalidir.
- haftada bir marta tirnoqlarni tartibga keltirib olsangiz kifoya. Tez-tez takrorlanishi esa tirnoq atrofidagi terini zararlantirishi mumkin.
- Taomnomangizda pishloq, tuxum, grechixa, sabzi hamda ismaloq kabi mahsulotlar bo`lishiga diqqat qiling. Ular tarkibidagi foydali birikmalar tirnoq o`sishini tezlatib, qattiqligini ta`minlaydi.
- hozirda sinuvchan tirnoqlar parvarishi uchun turli kosmetik vositalar ommalashgan. hamyoningizga mosini tanglang-da, erinmay ular uchun vaqt ajrating.
- Kun davomida ko`proq suyuqlik iching. Sovuq mavsumda organizm suvsizlanishga moyil bo`ladi. Teri quruqlashishi, hatto, tirnoqlarning nosog`lom ko`rinishi ham shundan. Bu kabi muammolar bo`lmasligi uchun choy, gazsiz suvdan tashqari meva va sabzavotlar sharbati ham maqbul taklif.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi






