04.02.2014 10:45
Internet kompaniyalar MXA bilan ishlaganliklarini ma`lum qilishdi
Microsoft kompaniyasining ma`lum qilishicha, 2013 yilning birinchi yarmida chet el razvedkasi faoliyati bo`yicha maxsus sud qaroriga ko`ra 15-16 ming akkauntlar haqida ma`lumot olingan.
AQSh Milliy Xavfsizlik Agentligi tomonidan Google bo`yicha 9-10 ming, Facebook’dan esa 5-6 ming akkaunt haqida ma`lumot so`ralgan.
Shuningdek, MXAni Yahoo foydanaluvchilarining 30 ming nafari qiziqtirgan. Ular nafaqat pochta balki fotoservis bilan ham qiziqishgan.
Bu kompaniyalar quyida ko`rsatilgan maxsus sudga AQSh huquqni saqlash organlariga taqdim etilgan ma`lumotlar haqida kompaniya mijozlariga axborot berishni so`ragan. Shu yilning yanvar oyida sud statistikaning bir necha qismini taqdim etishga ruxsat berdi.
MXAning internet foydalanuvchilarni kuzatishlari haqida ilk bor o`tgan yili AQSh maxsus xizmatining sobiq xodimi Edvard Souden ma`lum qilgan edi. Uning so`zlariga ko`ra, agentlik Google, Yahoo, Apple, Skype, Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqdagi foydalanuvchilarning suxbatlarini kuzatishgan.