1

Facebook 10 yoshda!

Hi-tech 04.02.2014, 11:41
Facebook 10 yoshda!
Facebook ishga tushirilganiga mana 10 yil bo`ldi. 10 yil ichida Facebook oyiga 1,23 milliardlik auditoriyasi bilan dunyodagi  eng yirik ijtimoiy tarmoqqa aylandi.   

Facebook rahbari  Mark Sukerberg saytni avvaliga faqatgina Garvard universiteti o`quvchilari uchun yaratgan edi. Biroz vaqt o`tgach bu tarmoqdan boshqa universitet va maktab o`quvchilari foydalana boshlashdi. Shu tariqa u xalqaro ijtimoiy tarmoqqa aylandi. 

10 yil davomida facebook 200 milliarddan ortiq do`st aloqalarini o`rnatdi va do`st (drujba) so`zini ijtimoiy tarmoqdagi kontakt so`zi o`rniga foydalaniladigan qilib yubordi.  2009 yilda kompaniya ilk bor “like” tugmasini ishga tushirdi.  Hozirgi kunda bu tugma kuniga 6 milliard marotaba bosiladi.

Sukerberg avvaliga foydalanuvchilarni suratlar almashishlarini istamagan. Ammo 2005 yil bu funksiya ishga tushirilgandan so`ng 400 milliarddan ortiq surat ijtimoiy tarmoqqa joylangan. Shuningdek, so`nggi ikki yil ichida tarmoq orqali 7,8 trillion xabar yuborilgan.  

Instagram fotoblogi ham Facebook’ka tegishli  bo`lib, bu kompaniyaga bir milliard dollarga tushgan. Kompaniya mobil xizmatlar uchun mablag` ayamayapti. O`tgan yili mobil reklamalar orqali tarmoq $3,15 milliard foyda ko`rdi. Bu 2013 yildagi barcha foydaning 40 foizidir.
 
Facebook’ning navbatdagi loyihalaridan biri bu Internet.org - bu orqali Sukerberg odamlari internet tarmog`iga ulanish uchun bo`layotgan to`siqlarni olib tashlamoqchi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1