AsosiySUG'DIYONA
11023

BOLA TERISI NEGA QURUQLAShADI?

'BOLA TERISI NEGA QURUQLAShADI?'ning rasmi

— 6 oylik o`g`limning qo`l va oyoq terisi 2 haftadan beri quruqlashib, po`st tashlayapti. Bolalarga mo`ljallangan har xil kremlardan surtib ko`rdim, natija bermadi. 3 kun oldin esa bu joylar qizarib, lovullay boshladi. Allergik toshma deb o`ylab, 2 kun dori berdim. Qizarishlar qaytdi-yu, biroq teri ko`chishi hali ham bor. Teri ko`chishining sababi nimada?

Dilfuza, 24 yosh, Toshkent shahridan

Hakim Dadaboev, oliy toifali shifokor-pediatr: — Teri ko`chishi sababini aniqlash uchun boladagi o`zgarishlar tug`ilganidan beri bormi yoki orttirilganmi, avvallari shu kabi holatlar kuzatilganmi-yo`qmi, aniqlash lozim. Agar bola emizikli bo`lsa, ehtimol ayolning iste`mol qilayotgan mahsulotlari yoki terisiga surtilayotgan krem va yog`lar ta`sirida yuzaga kelishi ham mumkin. Aniq xulosaga kelish uchun bolalar shifokori hamda bolalar dermatologi, allergologiga murojaat etish zarur. O`zingiz mustaqil ravishda davolashga urinmang.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar