AsosiySUG'DIYONA
17985

QORA ZIRA — JIGARGA ShIFO

'QORA ZIRA — JIGARGA ShIFO 'ning rasmi

Foydali xususiyatlari:

  • ishtahani ochadi;
  • me`da va jigar kasalliklari;
  • kamqonlik;
  • bachadon xastaliklari;
  • jarohat, yara va shishlarni davolashda naf beradi.

Nojo`ya ta`siri: o`n ikki barmoq ichak yarasi, gastritda salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin. Ortiqcha va noto`g`ri qabul qilinsa, yuz rangini sarg`aytirib, tanani ozdiradi.

Kimlarga mumkin emas? Homilador va emizikli ayollarga ziradan tayyorlangan malhamlar har doim ham tavsiya etilavermaydi.

Narxi: poytaxt bozorlarida 100 gr. ziraning o`rtacha narxi 2.000 so`m atrofida.

Resept: 1. Organizmda to`planib qolgan ellarni ketkazish, ovqat hazmini yaxshilashda ziradan damlama tayyorlab ichiladi. Buning uchun 100 gr. qora ziraga 1 litr suv qo`shib, 30 daqiqa qaynatiladi. Damlamani bir kunda 3 mahal 50 gr.dan qabul qilish tavsiya etiladi.

2. Ko`k yoki qora choy damlamasiga yarim choy qoshiq zira urug`ini qo`shib, 10 daqiqa davomida past olovda qaynatiladi. Damlamani ovqatlanishdan oldin yoki keyin choy kabi ichiladi. U qon bosimi oshganda foydali hisoblanadi.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar