1

O`zbekistonda GAPim messenjeri yaratildi

Hi-tech 06.02.2014, 11:13
O`zbekistonda GAPim messenjeri yaratildi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Dasturiy mahsulotlar va qurilmaviy-dasturiy majmualar ishlab chiqish markazi telefonda va kompyuterda birdek foydalansa bo`ladigan GAPim messenjerini yaratdi. 

Ma`lumot va onlayn xabarlar almashish milliy axborot tizimi real vaqtda matnli xabarlar almashishga mo`ljallangan, bu haqda pressnews.uz [url=http://pressnews.uz/article/898]xabar bermoqda.

Loyihaning asosiy maqsadi lokal va korporativ tarmoqlarda hamda Internet tarmog`ida mahalliy xizmat ko`rinishida tashkil etilgan tezkor xabarlarni almashish milliy tizimini yaratishdan iborat. Ushbu tizim klassik aloqa tizimlarining alternativ varianti bo`lib, foydalanuvchilarga arzon va qulay muloqot qilish imkoniyatini beradi.

Messenjer orqali nafaqat xabar almashish, balki fayllar almashish, konferensiyalar tashkil qilish, qo`ng`iroqlar amalga oshirish mumkin. GAPim'da hozirgi vaqtgacha 100ga yaqin foydalanuvchi ro`yxatdan o`tgan.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1