10.02.2014 10:33
Afsonaviy Al Kaponening uyi sotuvga qo`yildi
1922 yilda qurilgan uy 8,5 million dollarga baholandi. Al Kapone bu uyni 1928 yili 40 ming AQSh dollarga sotib olgan. "Quruq qonun" davrida ko`pgina jinoiy guruh rahbarlari Mayamida o`z uylariga ega bo`lishgan.
Aynan shu uyda mashhur 48 yoshli gangster Alkatras qamoqxonasidan qaytib, vafot etgan. Al Kapone 4 yil davomida o`sha dahshatli qamoqxonada bo`lgan. 70-yillargacha bu uyga Al Kapone yaqinlari egalik qilishgan, so`ngra Delta Airlines aviakompaniyasi uchuvchisi Genri Morrison sotib olgan. Hozirda bu uyga moliyachi Entoni Panebiankoga tegishli bo`lgan kompaniya egalik qilmoqda.
Al Kapone o`zining "muqaddas Valentin" kuni qilgan ishi bilan mashhur bo`lgan. 1929 yilning 14 fevral kuni u o`zining eng ashaddiy 7 nafar dushmanini o`ldirishni buyuradi. Polisiya esa bu ishni Al Kapone qilganligi isbotlay olmaydi. U qamoqda soliq to`lamaganligi uchungina 4 yil o`tirib chiqqan.