10.02.2014 10:47
Braziliyada futbol muxlislari tomon o`q uzildi
Polisiya bergan ma`lumotlarga ko`ra, motosiklda tashrif buyurgan ikki kishi "Amerika" muxlislari maydonni tark etayotgan paytda ular tomon o`q uzishgan. Obiqatda 3 kishi yaralangan.
Aynan shu "Arena-das-Dunas" stadionida yozda jahon chempionati uchrashuvlari bo`lib o`tadi.
ITAR-TASS xabar qilishicha, bu otishma joriy yildagi birinchisi emas. Avvalgisida huqunni himoya qilish organlari jinoyatchilarni qo`lga olishga erishishgan.
Eslatib o`tamiz, jahon chempionatining Meksika-Kamerun, Gana-AQSh, Yaponiya-Gresiya, Italiya-Urugvay uchrashuvlari aynan shu stadionda bo`lib o`tadi.