1

Sukerbergning Facebook'dagi ulushi kamaydi

Hi-tech 10.02.2014, 11:45
Sukerbergning Facebook'dagi ulushi kamaydi
Mark Sukerberg feysbuk ijtimoiy tarmog`ida o`ziga tegishli bo`lgan 9,7% aksiyasini sotib yubordi. Shu tariqa aksiyalar soni tarmoq assoschisida 632,65 dan 478,9 millionga kamaydi.

"A" sinfiga tegishli bo`lgan aksiyalarni Sukerbergdan tashqari kompaniyaning o`zi va qolgan 1,64 million aksiyani direktorlar kengashi a`zosi Mark Anderson sotib yuboradi. Feysbuk birjada umumiy 70 mln aksiyani sotishni rejalashtirgan. 

Ikkinchi marta sotuvga qo`yilgan aksiya 55,05 dollarga baholangan. Sotuvga qo`yilgan aksiya narxlariga nisbatan hisoblab chiqilganda kompaniyaga $1,48 mlrd, Sukerbergga -  $2,26 mlrd, Andersonga- $90 mln tegadi.  

7 fevral kuni sotuvda feysbuk aksiyalari 3,3 foizga oshdi va bir aksiya narxi 64,2 dollarni tashkil qildi. Ijtimoiy tarmoqning xabar qilishicha, Sukerberg bir milliard AQSh dollariga teng bo`lgan 18 mln aksiyani xayriya ishlariga yo`naltiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1