1

“QO`QON” EIZDA 18 ISTIQBOLLI LOYIHANI AMALGA OShIRISh IShLARI BOShLANDI

Iqtisodiyot 20.11.2017, 14:29
“QO`QON” EIZDA 18 ISTIQBOLLI LOYIHANI AMALGA OShIRISh IShLARI BOShLANDI

“Qo`qon” erkin iqtisodiy zonasining 700 gektardan ziyod maydonida tadbirkorlar yangi loyihalarni amalga oshirishi uchun barcha sharoit yaratilayotir. Ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikasiya, yo`l-transport va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, sifatli logistika xizmatlari ko`rsatish bo`yicha zamonaviy infratuzilmani shakllantirish bo`yicha aniq chora-tadbirlar belgilangan. Iqtisodiy zonada faoliyat yuritish istagini bildirgan tadbirkorlar, ishlab chiqarishga sarmoya kiritmoqchi bo`lgan biznes vakillari beriladigan imtiyoz va preferensiyalarni katta qiziqish bilan o`rganmoqda.

“Staffing Plus Kokand” mas`uliyati cheklangan jamiyatida yiliga 10 ming dona maishiy texnika vositasi, 6 ming dona tikuvchilik, to`quvchilik dastgohi va 2 million dona energiya tejovchi LED lampalari ishlab chiqariladi.

Velosiped va ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi “Kokand bicycles” mas`uliyati cheklangan jamiyati 2015 yilda tashkil topgan. Jamiyatga “Qo`qon” erkin iqtisodiy zonasidan 2 gektar maydon ajratildi. Xorijdan 740 million so`mlik dastgohlar keltiriladi. Bu erda yiliga 6 ming 240 dona bolalar va 3 ming 120 dona kattalar velosipedi tayyorlanadi. “Vodiy Evro textile” mas`uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ip mahsulotlarini bo`yash, to`qish va tikish bo`yicha loyiha taqdim etilgan. Mazkur ishlar uchun 25 milliard so`m mablag` sarf etilib, 150 ish o`rni yaratiladi. Mahsulotlar asosan eksportga yo`naltiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1