AsosiySUG'DIYONA

AROMATERPAIYa

'AROMATERPAIYa'ning rasmi
  • Jasmin gulining hidi tushkunlikdan qutqaradi. Xayolni bir joyga jamlashga hamda yoqimsiz fikrlarni tarqatib yuborishga yordam beradi.
  • Sitrus mevalar isi quvonch bag`ishlaydi. Ular cheksiz quvvat manbai sanalishini unutmang.
  • Poliz ekini qovoqning hidi hislarni junbushga keltirar ekan. Kutilmagan yangilik, shunday emasmi? Tadqiqotlarga ko`ra, 40 % erkaklarga qovoq va lavandadan tayyorlangan atir isi juda yoqishi aniqlandi.
  • Lavanda hidi orom olishga chorlaydi. U tanani bo`shashtirib, uyqusizlikdan sizni tezda forig` qiladi.
  • Yalpiz isi diqqatni jamlashga ko`maklashadi. U nafas olishni osonlashtiradi, uning ta`mi esa miya faoliyatini tezlashtiradi.
  • Asabiylashyapsizmi? Jahlingizni jilovlay olmayapsizmi? Archazorga boring va u erda to`yib-to`yib nafas oling. hammasi tezda o`tib ketadi!
  • Muzqaymoq va pishiriqlarga shirin ta`m beruvchi vanilin insonlarni ham fe`lini ijobiy tomonga o`zgartira olarkan. Uni hidlaganlar rahmdil va mehribonroq bo`lib qolarkan. Qiziq-a?
  • Ko`rimsizgina bo`lsa-da, shifobahshlik borasida dolchinga teng keladigani yo`q! Uni hidlashning o`zidayoq, ko`z nuri tiniqlashib, xotira kuchayib, mushaklarning harakatlanishi osonlashar ekan.
  • Quvnoqlik sizni hech qachon takr etmasligi uchun tez-tez yam-yashil maysazorlarda sayr qilib turing. Yoki hovlingizdagi maysani o`rish ham bu ishning o`rnini bosadi.
  • Olma ko`proq eng, eyishdan avval esa yuvish va hidlash esingizdan chiqmasin. Axir u bosh og`rig`iga qarshi yaxshi vosita-da!

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar